Vyetnam Sotsialistik Respublikasining poytaxti Xanoy shahrida joylashgan Katta opera teatrida O‘zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Teatr foyesida O‘zbekiston madaniyati, milliy an’ana, urf-odatlarini aks ettiruvchi fotoko‘rgazma hamda amaliy san’at, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi tashkillashtirildi. 

“Konsertda O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yahyo va Muhsin Mo‘minovlar, el suygan xonanda va sozandalar, raqqosalarning ijro mahoratlari Vyetnam shahri aholisida katta taasssurot qoldirgani ularning gulduros olqishlaridan ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan