Shveysariyalik olimlar qonda kalsiy miqdori oshganda (giperkalsiyemiya) qorayuvchi tatuirovka-xolni yaratdi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha onkologik xastaliklarning rivojlanishi bilan bog‘lanadi, shuning uchun olimlar ishlanma tufayli saratonni erta bosqichlarda aniqlash mumkin bo‘lishini taxmin qilmoqda, deb yozadi AfishaDaily.

Yuqorida — tatuirovka kiritilgan sichqon. Pastda — “toza sichqon”. Foto: AfishaDaily

Aslida tatuirovka qondagi kalsiy miqdoridan ta’sirlanuvchi maxsus hujayralar yig‘indisidan iborat. Qondagi kalsiy miqdori me’yoridan oshsa, hujayralar qoraya boshlaydi. Tadqiqotchilar tatuirovkani sichqonlarda tekshirib ko‘rdi. Natijada kalsiy ionlari bo‘lgan holatlarda qorayuvchi hujayralar kiritilgan kemiruvchilarda tatuirovkalar deyarli shu zahoti qoraygan.

Kelajakda tatuirovka insonlarga sog‘lig‘i holatini mustaqil kuzatishga yordam berishi lozim. Uning asosiy kamchiligi — yashash vaqti bir yildan ortiq emas. Shundan so‘ng uni almashtirish kerak bo‘ladi.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan