2018 yil 26-aprel kuni 15:00da Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada, Toshkent shahar hokimi lavozimiga Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi ko‘rsatildi. Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozda tasdiqladi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov shu kunning o’zida O’zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig’ining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1991—1996-yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015-yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahri “Artel Injiniring” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ma`lumot uchun, Akfa Group kompaniyasi tarkibiga Artel, Atlas, Mediapark va Imzo kabi brendlar ostida faoliyat olib borayotgan korxonalar kiradi. Jahongir Ortiqxo’jayev so’nggi paytda Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga ulkan hissasini qo’shib kelayotgan tadbirkorlardan biri.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan