Abu-Dabida 8-noyabr kuni Parijdagi mashhur Luvr muzeyining eng yirik filiali ochildi. 10 yil kutilgan muzey ochilishi marosimi juda tantanavor ravishda nishonlandi. Ochilish marosimida BAA va Fransiya davlat rahbarlari Xalifa bin Zayd Ol Nahayon va Emmanuel Makron ishtirok etdi. Muzey binosi Fransiyalik me’mor Jan Novel tomonidan loyihalashtirilgan. Majmuaning qurilishiga 1 milliard yevrodan ortiq mablag’ sarflangan. Inshoot Fors ko’rfasidagi Saadiyat orilda qurilgan bo’lib, uning o’zi san’at asari kabidir. Muzey 97 ming kv/m maydonda joylashgan. Asosiy binoning ustida palma novdalarining to’qilishiga o’xshash gumbaz bor. Gumbaz diametri 180 metrni tashkil etib uning soyasi majmuaning uchdan ikki qismini yopib tura oladi. Majmua arab shaharsozligi uslubida qurilgan bo’lib, 55 ta qordek oppoq binolardan iborat. Luvrning Abu-Dabidagi filiali 11-noyabr kuni keng jamoatchilik uchun ochildi. Bu yerda 23 ta zal doimiy ekspozitsiyalar uchun ochilgan va u yerda 600 ta san’at asari taqdim etilmoqda.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan