O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ayrim aksiyadorlik tijorat banklari bankomatlari orqali bank plastik kartochkalaridagi mablag’larni kunlik naqd pul ko’rinishida yechish cheklovi 300 ming so’mgacha oshirildi.

Kun.uz axborot manbasining xabar qilishicha, ba`zi banklarga tegishli bankomatlar orqali mablag’larni naqdlashtirishdagi kunlik cheklovlar umuman bekor qilingan. Ma`lum qilinishicha, bunday amaliyot tijorat banklari tomonidan mustaqil bajarilib, mazkur cheklov turlicha ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ayni chog’da, ushbu xizmatdan foydalanishda naqdlashtirilishi nazarda tutilgan summaning 1 foizi miqdorida komissiya to’lovi ushlab qolinishi joriy qilingan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining ijrosi yuzasidan O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta ko’rib chiq​qandi. Shuningdek, Markaziy bankning tavsiyaviy tarif rejalarida bank plastik kartalar orqali bankomatlardan bank plastik kartochkasidagi mablag’larni naqdlashtirishda komissiya to’lovi olinmasligi talabi 2017 yil 12 dekabrdan rasman bekor qilingan.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan