Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan «ISHID» guruhi e’lon qilgan davlat batamom yakson etilganini e’lon qildi. Bu haqda oliy siyosatchi mamlakat markaziy telekanalida jonli efir orqali chiqish qilib ma’lum qilgan.

Sepah News nashrining xabar qilishicha, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi oliy qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniy ISHID guruhi tomonidan e’lon qilingan ma’muriyat batamom tugatilgani haqida prezidentga maktub yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi Ittifoqchi kuchlar ISHID guruhi jangarilari Abu Kamolda joylashtirib ketgan minalarni to‘liq tozalab chiqqani haqida bayonot bergandi. Endilikda guruh a’zolari Firot daryosi atrofidagi bir nechta qishloqlarda qolgan, xolos.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan