FIFA ning rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Xalqaro turnir doirasida, 2018 yilning 6 fevralь kuni Jahon chempionatining kubogi Toshkentga olib kelinadi.
FIFA to‘rtinchi marotaba Jahon chempionatining kubogi sayohatini o‘tkazib kelmoqda. Bu safar Jahon chempionatining kubogi Toshkentda bir muddat saqlab turiladi. Jahon chempionati kubogini olib kelayotgan FIFA ning maxsus samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi.

Jahon kubogining bu sayohati joriy yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, kubokning sayohati davomida har bir hududda ijtimoiy va sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi qurilgan sport inshootlarining ham ochilish marosimini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan