8 yanvardan boshlab Milliy aviakompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari» reyslarida «Joy tanlash» interaktiv xizmatini joriy etishga kirishdi.

MAK matbuot xizmatining xabar qilishicha, boshlang‘ich bosqichda yaqin xorijga uchuvchi Airbus A-320 samolyotlarida mazkur ko‘rsatiladi. Keyinchalik ushbu xizmatni barcha yo‘nalishlarga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Joylarni oldindan tanlash va band qilish qoidalari bilan aviatashuvchi saytida tanishish mumkin. Hujjatga ko‘ra, oyna oldidan joy tanlash 25 ming so‘m tursa, ekonom klasning birinchi qatoridan joy olish uchun 100 ming so‘m to‘lash lozim.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan