Zamonaviy hayotning yuqori ritmi bizga ko’p vazifalarni yuklaydi. Doimiy harkatda bo’lish bizni toliqtiradi hamda ishga bo’lgan layoqatimizni so’ndiradi. Charchoqdan qutulish va o’zimizni doimo tetik his qilishimiz uchun mutahassislar quyidagi tavsiyalarni berishadi. Bu maslahatlar sizga charchoqni chiqarish va o’zingizni doimo tetik his qilishga yordam beradi. 1) O’Z VAQTIDA UYQUDAN TURING! Juda ko’pchilik aynan ertalab uyqudan turish paytida hatoga yo’l qo’yadi. Yani soat jiringlagan vaqtda uyg’onsakda yana besh daqiqa uxlab olishga harakat qilamiz. Bunda miya uyqu holatiga to’liq qaytishga ulgurmay uyg’onishga majbur bo’ladi. Natijada kuni bo’yi lanj va charchagan holatda yurishga to’g’ri keladi. 2) BIR VAQTNING O’ZIDA KO’P VAZIFALARNI BAJARMANG! Hamma yumshlarni bir vaqtning o’zida bajarishga urinish miyani charchatadi. Natijada yuqoridagi ishlarning hech biri yakuniga yetmaydi. Ustiga ustak vaqt ham tejalmay, yanada ko’proq vaqt sarflashingizga to’g’ri keladi. 3) ISH VAQTIDA HAR SOATDA TANAFFUS QILING! Ma’lumki bir holatda kuni bo’yi qimirlamay ishlash organizm uchun zararlidir. Shu sabab har soatda 5-10 daqiqalik tanaffus qilib tanangizga dam bering. 4) XONANI TEZ-TEZ SHAMOLLATIB TURING! Ma’lumki yopiq xonada karbonat angidrid gazi to’planib boradi. Bu esa diqqatni jamlash va ish samaradorligimizga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xonani tez-tez shamollatib tursangiz organizm toza havodan to’yinadi va jonlanadi. 5) TUSHLIKDA YOG’LI TAOMLARDAN VOZ KECHING! Organizm yog’li taomlarni hazm qilish uchun juda ko’p vaqt va energiya sarflaydi. Va siz kuni bo’yi o’zingizni og’ir, lanj his qilib yurasiz. Shu sabab bunday taomlardan voz kechgan maqul. 6) ENERGETIK ICHIMLIKLARDAN VOZ KECHING! Zero ularning ta’siri vaqtinchalik bo’lib, keyin siz o’zingizni yanada behol his qilasiz. Bundan tashqari bunday ichimliklarning yurak faoliyatiga zarari borligi isbotlangan. 7) UYQUDAN OLDIN SAYR QILING! Uyqudan oldin toza havoda sayr qilib kelish yaxshi hordiq garovidir. 8) GADJETLARDAN UHLASHDAN AVVAL FOYDALANMANG! Yaxshisi uyqu oldidan biron musiqa tinglang yoki vanna qabul qiling. Bu organizmning tiniqib dam olishiga yordam beradi.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan