Latviyaning Regrand kompaniyasi O‘zbekistonda baliqni qayta ishlash zavodlarni qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida baliqni chuqur kompleks qayta ishlash zavodi joriy yil kuzida ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.

Yana bir shunday tayyor holatdagi zavod Toshkentda qurilmoqda. Uning sexlarida O‘zbekistonda ilk bor krab tayoqchalari ishlab chiqariladi.

Mazkur obyekt 1,5 yil ichida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan