O’zbekistonda 2018 yilning ilk choragi – yanvar-mart oylari yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2017 yilning shu davriga nisbatan 44,7 foizga oshdi va 38,03 ming mashinani tashkil qildi. Bundan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma`lumotlari darak bermoqda.

Shuningdek, 1-chorakda 485 dona yuk mashina ishlab chiqarilgan va bu 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 44,8 foiz kamroqni tashkil qilgan. 2017 yilning ilk choragida 879 dona yuk mashina ishlab chiqarilgandi.

Avtobuslar ishlab chiqarilishi ham 2017 yil 1-choragiga nisbatan 34,1 foiz kam bo’lgan: 2017 yil 1-choragida 208 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2018 yil 1-choragida bu ko’rsatkich 137 donani tashkil qilgan.

Shu bilan birga traktorlar ishlab chiqarish 6,1 martaga – 432 donagacha oshgan.

O’zbekiston korxonalarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi ko’rilayotgan davrda 43,5 foizga oshgan va 30,4 ming donani tashkil qilgan.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan