Sil kasalligi shifoxonasining 3-qavatida hozirda ishsiz bo‘lgan ikki nafar shaxs, xo‘jalik qozonida giyohvand moddalarni qovurishayotgan paytda qo‘lga tushishdi.
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida Namuna mahallasida yashovchi 20 yoshli Zokir Nailov va Vahob Komilov Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan ayblanmoqda.

Toshkent viloyati Tergov boshqarmasi xabariga ko‘ra, ikki tanish 3 yanvarь kuni taxminan soat 23:30da, tumandagi sil kasalliklari shifoxonasi binosining 3-qavatida, xo‘jalik qozonida to‘q jigarrang rangli o‘tkir hidli moddani qovurishayotganlari aniqlangan.

Olib borilgan tekshiruv jarayonida ekspertlar ushbu modda 306,3 gramm “qovurilgan marixuana” giyohvand moddasi ekanligini aniqlangan.

Mazkur jinoyatga oid qo‘shimcha materiallar to‘plash maqsadida 11 yanvarь kuni “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi bilan dastlabki muhokama o‘tkazilib, unda sektor rahbari – tuman xokimi O.Nurmatov ham ishtirok etgan.

Izoh qoshing

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan